Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#huquqiy_axborot_soati 🗣Mahallada yangi tizim: Aholi muammolarini hal etish raqamlashtirilmoqda!
янв.21
Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larining taqsimoti ko‘rib chiqildi
янв.21
Yozgi ta’til — mazmunli va samarali: Termizda yoshlar uchun “Dolzarb 90 kun” dasturi muhokama qilindi!
янв.21
Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash: Kadastr idorasida nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Kreditlar samaradorligi va tadbirkorlik qo‘llab-quvvatlovda: "Mehrobod" mahallasida deputatlik o‘rganishlari
янв.21
Qonun ustuvorligi mahallada: "Ma’rifat" mahallasida yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Qonun ustuvorligi va samaradorlik: "Jayhun" mahallasida deputat va mahalla faollari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 15-19-iyun)
янв.21
#hafta dayjesti Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 8-13-iyun kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati A.Karimov tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlar uchun “Mustaqillik soati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.   Interaktiv tarzda o‘tgan ochiq muloqotda o‘quvchilarga mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari haqida batafsil so‘z yuritildi. Xususan, zamonaviy multimedia vositalari orqali yurtimizdagi ulug‘vor loyihalar, jumladan, Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati haqida taqdimot namoyish etildi. “Mustaqillik soati” doirasida quyidagi muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratildi: • O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish; • Yoshlarni kelgusi o‘quv yiliga hamda yangi ta’lim bosqichlariga puxta va motivatsiya bilan tayyorlash; • Yurtimizda yosh avlod uchun yaratilayotgan zamonaviy imkoniyatlar va ta’lim tizimidagi islohotlar mohiyatini yetkazish.   Samimiy va qizg‘in ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga deputatdan batafsil javoblar oldilar.
Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashdagi OʻzLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

 🔹Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini
takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarori ijrosi boʻyicha Vobkent tumanida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Yigʻilishda dastlab, ushbu masala yuzasidan taʼlim muassasalarida olib borilgan oʻrganish yakunlari boʻyicha deputatlik guruhining axboroti tinglandi. Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Jasur Ashurovning hisoboti tinglandi. Yigʻilishda sohadagi mavjud muammo va kamchiliklar ularni bartaraf etish boʻyicha tuzilgan rejalar ham koʻrib chiqildi. Deputatlik guruhi aʼzolari tomonidan amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yigʻilishda muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, bu borada mahalliy Kengash deputatlari va partiya faollari oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 6