Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi salomatligi — doimiy nazoratda
янв.21
Termiz shahrining "Abdurahmon Jomiy" mahallasi yettiligi faoliyati hamda investitsiya loyihalari o'rganildi
янв.21
"Oila va xotin-qizlar maskani" — oilaviy qadriyatlar va ayolga e'tibor markazi
янв.21
“Turon” mahallasida ko'p qavatli uylar atrofidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
“Turon” mahallasidagi mas’ullar faoliyati o‘rganildi
янв.21
12-may — Xalqaro hamshiralar kuni
янв.21
Termiz shahar Kengashi kotibiyatining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Kengash doimiy komissiyasining vakolatlari
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 12-15-may)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 4-8-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
CHINOZ TUMANI. DEPUTAT TOMONIDAN QONUNLAR IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Lazizjon O‘tkirov tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasining Chinoz filialida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarining ijro etilishi holati o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-son Qonuni hamda “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son Qonuni ijrosi holati atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, fuqarolar va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish, ularni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish, murojaat mualliflariga qonuniy va asosli javoblar berish hamda murojaatlar ijrosini nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, murojaatlar bilan ishlashda qonun talablariga qat’iy rioya etilishi holati o‘rganildi.

Bundan tashqari, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam hamda ushbu qonun ijrosida uchrayotgan muammoli masalalar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va qonunlar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari qonun ustuvorligini ta’minlash, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va fuqarolar huquqlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, bu kabi nazorat tadbirlari kelgusida ham izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3