Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
deputat_vazifalaridan
янв.21
Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi Normuradova Dilbar Abdikasimovna raisligida olib borilgan sessiya ishida jami 8 ta shahrimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid masalalar deputatlar tomonidan ko'rib chiqildi
янв.21
Sessiyada muhim masala yuzasidan muzokara
янв.21
Sessiyada muhokama qilinayotgan navbatdagi masala
янв.21
Muhim ijtimoiy loyiha muhokamada!
янв.21
Sessiyada dastlab shahar Soliq inspeksiyasi boshlig'i Safar Turayevning hisoboti eshitilmoqda (https://www.facebook.com/share/v/1By2xefCL3/)
янв.21
Ayni vaqtda qolgan masalalar bo'yicha doimiy komissiyalar raislari va a'zolarining muzokaralari eshitilmoqda (https://www.facebook.com/share/v/1By2xefCL3/).
янв.21
Ayni vaqtda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 20-sessiyasi bo'lib o'tmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 6-10-aprel)
янв.21
Mart oyi sarhisobi: Deputatlar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi
Konstitutsiya — huquqlarimiz kafolati

Konstitutsiya — huquqlarimiz kafolati

⚡️Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Z.Yusupovaning Nakurt va Tohirshayx mahallalarida o'z saylovchilari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

⚡️Yurtimiz taraqqiyoti va fuqarolar farovonligi uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladigan Konstitutsiyamiz mamlakat bo‘ylab o‘tkazilayotgan ma’rifiy tadbirlar markazida turibdi. 

⚡️Shu munosabat bilan xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati "Nakurt" "Dehqonobod" va "Tohirshayx" mahalla fuqarolari yig‘ini aholisi bilan uchrashuv o‘tkazib, bosh qomusimiz mazmun-mohiyati, uning inson hayotidagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha fikr yuritdi. Deputat ta’kidlaganidek, Konstitutsiya nafaqat davlat va jamiyat tuzilishi, balki har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, munosib turmush kechirish imkoniyati, ijtimoiy himoyasi va inson qadrini kafolatlaydigan asosiy manbadir. Undagi har bir modda xalq manfaatlari, adolat, tenglik va demokratik qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan.

⚡️Uchrashuv davomida deputat o‘zining o‘tgan davrdagi faoliyati yuzasidan ham batafsil axborot berdi. Aholi murojatlari asosida amalga oshirilgan ishlar, hududdagi infratuzilma bilan bog‘liq qator masalalarni hal etish bo‘yicha yuborilgan deputatlik so‘rovlari, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Mahallalardagi yo‘l, ichimlik suvi, ta’lim va tibbiyotga oid muammolar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ham aholi e’tiboriga havola qilindi.

⚡️Muloqot ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Aholi o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi, takliflarini bildirdi. Uchrashuvda ta’kidlandiki, Konstitutsiyaga hurmat va uning talablariga amal qilish — bu nafaqat qonunga, balki inson qadriga, uning huquq va erkinliklariga bo‘lgan hurmatdir. Mahalla vakillari bunday uchrashuvlar huquqiy ongni oshirish, deputat va aholi o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdilar.

⚡️Nakurt va Tohirshayx mahallalarida o‘tkazilgan bu uchrashuv Bosh qomusimizda belgilangan huquqiy kafolatlarning hayotda qay darajada amalga oshirilayotganini yana bir bor namoyon etdi. Konstitutsiya — har bir fuqaroning ishonchli tayanchi, uning huquq va erkinliklarini muhofaza qiluvchi qudratli huquqiy poydevor, deputatlik faoliyati esa ana shu tamoyillarni amalda ta’minlashga qaratilgan hal qiluvchi vosita ekanligi esa ushbu uchrashuvda o‘z ifodasini topdi.

⚡️ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 2