Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Ko‘p kvartirali uylar holati deputat nazoratida
янв.21
Deputat nazorati: “Abdulla Avloniy” mahallasidagi bog‘cha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi manzil — 11-sonli maktab kutubxonasi
янв.21
Kitob — ma’naviyat ko‘zgusi: 9-sonli maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Inson qadri uchun: "Abdulla Avloniy" mahallasida ijtimoiy himoya masalalari doimiy diqqat markazida
Farg‘ona tumanining “Gulshan” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

 Farg‘ona tumanining “Gulshan” mahallasida
navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
 

  

Farg‘ona
tumanida aholi bilan ochiq muloqot, muammolarni joyiga chiqib o‘rganish va yechim
topishga qaratilgan sayyor qabullar izchil davom etmoqda. Shu maqsadda, Xalq deputatlari
Farg‘ona tumani Kengashiga “21-Mindon” saylov okrugidan saylangan deputat Xamidullo Inomov hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi
boshlig‘i Murodjon Qunduzov tomonidan
“Gulshan” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. 

Qabul
jarayonida mahalla fuqarolari o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Fuqarolarning har bir murojaati eshitildi, holat joyiga chiqib o‘rganildi,
masalani hal qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan hollarda esa darhol ijobiy yechim
berildi. 

Shu
bilan birga, huquqiy tushuntirish talab etuvchi murojaatlar yuzasidan fuqarolarga
aniq huquqiy ma’lumotlar berildi. Muddat talab
etuvchi murojaatlar esa qonunchilik asosida rasmiy tartibda ro‘yxatga olinib, tegishli
tashkilotlarga ijro uchun topshirildi
. Mutasaddilardыning javob berish muddati qat’iy nazoratga
olindi. 

Fuqarolar ko‘targan asosiy masalalar: 

· uy-joy
va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolar; 

· ichki
yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlashtirish; 

· bandlik
va ijtimoiy yordam masalalari; 

· tadbirkorlik
faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun amaliy ko‘mak; 

· huquq-tartibot
bilan bog‘liq savollar. 

Sayyor
qabul davomida ko‘tarilgan har bir masala faqat eshitilmagina, b balki o‘z vaqtida va xolisona hal qilinishi uchun
mas’ullarga aniq vazifalar yuklandi
. Bu esa aholi muammolarini hal etishda
mutasaddi idoralarning mas’uliyati yanada oshirilishiga xizmat qiladi. 

Ushbu sayyor qabul “Gulshan” mahallasi aholisi uchun
nafaqat navbatdagi uchrashuv, balki dolzarb va yillar davomida to‘planib kelayotgan
muammolarning yechimini yanada tezlashtirishga qaratilgan muhim amaliy qadam bo‘ldi. 

   

Slide 1 of 7