Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputat nazoratida!
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sh.Mamatqulov va tuman deputatlari bilan birgalikda Bekobod tumanida ijtimoiy soha obyektlarining sovuq mavsumga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
📍 Deputat va mahalla yettiligi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlarida maktab, bog‘cha va tibbiy punktlarning mavsumga shayligi, isitish tizimlarining sozligi, ko‘mir mahsulotlari bilan rejaga nisbatan ta’minlanganlik holati atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
🛠 Aniqlangan muammo va kamchiliklar joyida qayd etilib, tegishli mutasaddi rahbarlarga yetkazildi. Shuningdek, bu muammolarni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
✅ Maqsad — tumandagi ijtimoiy muassasalarni sovuq mavsumga sifatli tayyorlash va aholiga qulay sharoit yaratishdir.