DEPUTATLAR TA’LIM MUASSASASIDA SPORT INFRATUZILMASI BILAN TANISHDILAR
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 25-Boyqishloq saylov okrugi deputati O. Tursunov hamda 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati
Q. Raxamovlar tumandagi 3-umumta’lim maktabda deputatlik nazoratini amalga oshirdilar.
Tashrif davomida maktabning sport zali, sport anjomlari va ularning sanitariya hamda texnik holati ko‘zdan kechirildi. Deputatlar maktab rahbariyati, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari hamda mahalla faollari bilan suhbatlashib, yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdilar.
✅ Nazorat jarayonida sport infratuzilmasini yaxshilash, yoshlar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.