Urganch shahrida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha shahar Kengashi deptatlari tomonidan davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha-mahallabay hamda fuqarobay tizimi
asosida xalq bilan muloqot qilish, hududlardagi aholi muammolarini o‘rganish hamda ularga yechim topish, shuningdek, aholining turmush farovonligini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xalq depuatlari Urganch shahar Kengashi kotibiyati mudiri P.Ro‘ziboyev tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida “Navro‘z” MFY yettiligi bilan birgalikda mahallada yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoitlari, muammo va takliflari o‘rganildi.
O‘rganish davomida, mazkur oilalardan birining bandligini ta’minlash borasidagi muammosi hal etilib, tikuv mashinasi hadya qilindi.
O‘rganish ishlari davom etmoqda.