Mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati F.Xamidov hamda O‘zbekiston Xaiq demokratik partiyasi Oltiariq tuman Kengashi raisi A.Ergashevlar tumanning Jarariq MFYda mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda mahalla raisi, hokim yordamchisi, ayollar faoli va ijtimoiy xodimlarning 2025-yil davomida amalga oshirgan ishlari tahlil qilindi. Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, “qizil” va “sariq” hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish, profilaktika ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Dеputat mahalla faollarining takliflarini tinglab, mas’ul tashkilotlarga yetkazish bo‘yicha topshiriqlar belgilab oldi.