O‘ZBEKISTONDA MEHNATKAShLARNING SAMARALI MEHNATI DOIM QADLANADI
Har bir jamiyatning taraqqiyotida ushbu mamlakatda istiqomat qilib davlat va jamiyat farovonligi uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan mehnatkashlarning alohida o‘rni bor.
2025-yilning 1-noyabr kuni poytaxtimizdagi O‘zbekiston kasaba uyushmalari saroyida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda ta’kidlanganidek, oxirgi 8-9 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida barcha sohalarda olib borilayotgan
tub islohotlar, inson manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakat va tashabbuslar natijasida xalqimiz turmush farovonligi oshayotganligi ta’kidlandi. Ushbu qurultoyda Bulung‘ur tumanidan ham faollar ishtirok etishdi.
Qayd etish zarurki, Federatsiyaning 9-Qurultoyi kasaba uyushmalari uchun tarixiy kun bo‘lsa, kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining soha xodimlari va faollari bilan o‘tkazgan muloqoti, chin ma’noda, tarixiy hodisa bo‘ldi. Zero
davlatimiz rahbarining kasaba uyushma faollari bilan bunday keng formatli uchrashuvi ilk bora o‘tkazildi. Uchrashuvda davlat rahbari “Hech shubhasiz, biz erishayotgan natijalarda 8 million a’zoga ega, eng xalqchil va katta nodavlat tashkiloti bo‘lgan kasaba uyushmalarining munosib hissasi bor” deya e’tirof etgani soha faoliyatiga berilgan yuksak bahodir.
Bulung‘ur tumanida ham xalq xo‘jaligining turli sohalarida mehnat qilayotgan mehnatkashlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ularning orasida davlat mukofoti sovrindorlari, deputatlarning borligi ham quvonchlidir albatta.
Xar bir kasbning o‘ziga yarasha mashaqqatlari va yutuqlari bo‘ladi. Bu o‘qituvchilikmi, sportmi, madaniyat sohasimi, temir yo‘l sohasimi, davlat xizmatchisi va boshqa yuzlab sohalardagi xodimlarning mehnati evaziga davlat rivojlanadi va xalqning farovonlik darajasi oshib boradi.
11-noyabr kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan tumandagi barcha mehnatkashlar, barcha sohalarning fidoiylari, tumanimiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish borasidagi ilg‘or tumanlardan biri ekanligini inobatga olib qishloq xo‘jaligida mehnat qilayotgan insonlarni shu bilan birgalikda o‘qituvchi va murabbiylarning mehnatini yuksak baholaymiz, ularga sharafli ishlarida doim birga ekanligimizni bildiramiz.
Sharof Mamatqulov
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati