Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat tomonidan jamoatchilik nazorati o`tkazildi

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-Bo`ston saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjaev Yerlan Ormanovich o`zi saylangan okrugidagi “Bo`ston” mahallasida joylashgan 24-maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirdi.Deputatlik nazorati jarayonida taʼlim muassasasining isitish uskunalarining texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi, uzatish tarmoqlarini, isitish qozonlari soz xolatda ekanligi hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz va munosib sharoitlarni yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.O'rganish davomida kuz-qish mavsumida barqaror faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan ishlar amalga oshirilayotgani ma'lum bo'ldi. Ayrim kamchiliklar bo'yicha masʼullarga tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 4