Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, Nurota tumani Ichki ishlar boʻlimida korrupsiyaga qarshi kurashish, uni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisida;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-280-sonli “Tabiiy gaz bozorini isloh qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablari asosida, “Nurotatumangaz” taʼminoti filiali tomonidan 2024-yil mobaynida amalga oshirgan ishlari va 2025-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar toʻgʻrisida;
- Oʻzbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari asosida, Nurota tuman “Elektr taʼminoti” korxonasi tomonidan 2024-yil mobaynida amalga oshirgan ishlari va 2025-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalari toʻgʻrisida;
- 2025-yil birinchi mavsum “Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida gʻolib boʻlgan tashabbuslarni tasdiqlash va “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” mablagʻlarini yoʻnaltirish toʻgʻrisida;
- Aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida;
- Tumanda toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida;
- Tumanda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlari hamda 2025-yilga moʻljallangan ustuvor vazifalari toʻgʻrisida mutasaddilarning hisobotlari tinglanib, Deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.