Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida
янв.21
Toyloq tumanidagi Charog‘bon mahallasida aholi va saylovchilar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Unda mahalla raisi, tuman Kengashi deputati Matluba Aminova hamda mahalla faollari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tingladi
янв.21
Deputat tibbiyot muassasasi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
#96_qonun Dastur ijrosi Qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
#24_ta_masala
янв.21
Toyloq tumani Kengashi deputatlari “Yashil makon” tashabbusida faol ishtirok etmoqda
янв.21
#I-chorak_ish_reja_ijrosi
янв.21
#mart_oyi_ish_reja_ijrosi XALQ DEPUTATLARI TOYLOQ TUMANI KENGASHI ISH REJASINING MART OYIDAGI IJROSI
янв.21
TOYLOQDA JORIY YILDA 245 NAFAR FUQARONING MULK HUQUQLARI E’TIROF ETILDI
янв.21
#96_ta_qonun "Qo'shchinor" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati yuzasidan
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASHINING 90-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Sessiya kun tartibiga ko’ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahar Mirobod tumani Xalq qabulxonasi tomonidan 2023-yilning 6 oyi davomida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan uyma-uy yurish, muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahar Mirobod tumani Xalq qabulxonasi mudiri
I.U.Akramovning axboroti,
Mirobod tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan 2023-yilning 6 oy davomida aholi bandligini ta’minlash, hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i M.Mirsalixov, Mirobod tuman tibbiyot birlashmasining 2023-yilning 6 oyi davomida reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, soha yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman tibbiyot birlashmasining bosh shifokori Sh.G.Xudayberdiev, Mirobod tumani mahallalarida yoshlar hamda qizil toifaga kiritilgan yoshlarning muammolarini o‘rganish va hal etish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, kasbga yo‘naltirish orqali bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, borasida 2023-yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Yoshlar ishlari Agentligi Mirobod tuman bo‘limi rahbari Y.Kamalov, Mirobod tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishi, aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish va hududlarni obodonlashtirishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining uy-joy kommunal xizmat bo‘limi boshlig‘i N.Jo‘raev, Mirobod tumani mahalliy byudjetining 2023-yil uchun tasdiqlangan byudjet parametriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida Mirobod tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mudiri J.Oripovning hisobotlari eshitildi.

Sessiyada Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati Mamanazarov Abduhakim Bozorovich hamda Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati G’ulomjon Xakimov, Abdullayev Zikirirullo, Naimova Nodiralar so‘zga chiqishdilar va tegishli hisobdorlarga o’z savollarini berib, tizimda yo’l qo’yilgan kamchiliklar bo’yicha takliflar berildi.

Slide 1 of 8