Bugun, xalq deputatlari Boyovut tumani 24-Ziyokor saylov okrugidan saylangan deputat Jamila Allayorova o‘z saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad 2025-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, bajarilgan vazifalar va dolzarb masalalar yuzasidan batafsil axborot berdi.
Uchrashuvda mahalla faollari va fuqarolari o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ayrim muammolar bo‘yicha deputatdan amaliy yordam so‘rashdi. O‘z navbatida deputat bildirilgan murojaatlarni nazoratga olib, tegishli tashkilotlarga yetkazilishini va'da qildi.
‼️ Uchrashuv davomida ko‘tarilgan muammo va masalalar:
1. “Ziyokor” mahallasidagi “Yangiovul”,"Nashida" ko‘chasidagi yaroqsiz elektr simyog‘och ustunlarni almashtirish;
2. “Ziyokor” mahallasidagi “ Abdulla Oripov” ko‘chasida ta'mirtalab yo‘lini ta`mirlash.
Tadbir iliq ruhda o‘tib, xalq va deputat o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamladi.
Uchrashuvdan so‘ng deputat murojaat bilan kelgan fuqarolarni ham qabul qilib ularning taklif va muammolarini tingladi.