Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida
янв.21
Toyloq tumanidagi Charog‘bon mahallasida aholi va saylovchilar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Unda mahalla raisi, tuman Kengashi deputati Matluba Aminova hamda mahalla faollari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tingladi
янв.21
Deputat tibbiyot muassasasi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
#96_qonun Dastur ijrosi Qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
#24_ta_masala
янв.21
Toyloq tumani Kengashi deputatlari “Yashil makon” tashabbusida faol ishtirok etmoqda
янв.21
#I-chorak_ish_reja_ijrosi
янв.21
#mart_oyi_ish_reja_ijrosi XALQ DEPUTATLARI TOYLOQ TUMANI KENGASHI ISH REJASINING MART OYIDAGI IJROSI
янв.21
TOYLOQDA JORIY YILDA 245 NAFAR FUQARONING MULK HUQUQLARI E’TIROF ETILDI
янв.21
#96_ta_qonun "Qo'shchinor" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati yuzasidan
“Bir nuroniy-o‘n yoshga mas’ul” Respublika ko‘rik-tanlovining Qorovulbozor tuman bosqichi o‘tkazildi.

Mahallalarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi ishlarni takomillashtirish, yoshlar tarbiyasida keksa avlod vakillarini jalb qilish va bu borada ularning boy hayotiy tajribalaridan keng foydalanish, nuroniylar va faxriylarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar bilan ishlashda mahallalar hamda vakolatli muassasalar hamkorligini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-167-son hamda 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Qorovulbozor tumani hokimligi, "Nuroniylar" jamg'armasi tuman bo'limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, Madaniyat va turizm bo'limi hamda tuman kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limi hamkorligida "Ma'naviyat va ma'rifat" maskanida mahallalarning faol nuroniylar o‘rtasida “Bir nuroniy-o‘n yoshga mas’ul” Respublika ko‘rik-tanlovining Qorovulbozor tuman bosqichi o‘tkazildi.

 Tanlov ishtirokchilari nizomda ko'rsatilgan 3 ta shart asosida bellashdilar. Hakamlar hay‘ati tomonidan faol ishtirokchi nuroniylar 3 ta shart bo‘yicha munosib baholab borildi. Tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha kayfiyat bag‘sh etdi.

 

 Qiziqarli tarzda kechgan tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi nuroniy onaxonimiz Matluba Oripova, 2-o‘rinni “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘ini faol nuroniysi Mo‘min Qulliyev hamda 3-o‘rin “Bo'ston” mahalla fuqarolar yig‘ini faol nuroniysi Halima Rahimovaga nasib qildi. 

Tanlovning nizomiga ko‘ra, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi nuroniy onaxonimiz Oripova Matluba aya ushbu tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Tanlov gʻoliblari hamkor tashkilotlarning diplom hamda tuman "Nuroniy" jamgʻarmasi tomonidan esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. 

Slide 1 of 8