Ramazon oyi munosabati bilan Uzun tumanida ham mehr-muruvvat, saxovat tadbirlari amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 5-mart kuni xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati Dilorom Yodgorova tomonidan tuman hududidagi "Qarashiq" mahallasidagi nogironligi bo'lgan, bemor hamda ijtimoiy himoyaga muxtoj fuqarolar xolidan xabar olindi.