35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Yalpiz ko‘chasi yangi qiyofada.

Yalpiz  ko‘chasi yangi qiyofada.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 10-Yangiyo‘l saylov okrugi deputati R. Shamanov saylangan hududdagi Qo‘ng‘irot MFY Yalpiz ko‘chasida amalga oshirilgan yangi asfaltlash ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida yo‘l qoplamasining holati, bajarilgan ishlarning sifati hamda hudud obodonchiligi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning mavjud muammolari, taklif va murojaatlari tinglandi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutaxassislar bilan birgalikda zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida mutaxassis K. Abdullayeva tomonidan amalga oshirildi.

Deputatlik nazorati — hududdagi muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yish va yechimini ta’minlashning muhim vositasidir.

Slide 1 of 4