Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida
янв.21
Toyloq tumanidagi Charog‘bon mahallasida aholi va saylovchilar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Unda mahalla raisi, tuman Kengashi deputati Matluba Aminova hamda mahalla faollari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tingladi
янв.21
Deputat tibbiyot muassasasi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
#96_qonun Dastur ijrosi Qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
#24_ta_masala
янв.21
Toyloq tumani Kengashi deputatlari “Yashil makon” tashabbusida faol ishtirok etmoqda
янв.21
#I-chorak_ish_reja_ijrosi
янв.21
#mart_oyi_ish_reja_ijrosi XALQ DEPUTATLARI TOYLOQ TUMANI KENGASHI ISH REJASINING MART OYIDAGI IJROSI
янв.21
TOYLOQDA JORIY YILDA 245 NAFAR FUQARONING MULK HUQUQLARI E’TIROF ETILDI
янв.21
#96_ta_qonun "Qo'shchinor" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati yuzasidan
"Махалля ободлиги, юрта Farovonligi yo'lida barchamiz mas'ulmiz"

 “Mahalla obodligi, yurt
farovonligi yo‘lida barchamiz mas’ulmiz”
 

Yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik
ishlarida har bir aholining dahldorlik hissini shakllantirish, xalqimiz orasida
milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada
kuchaytirish, mahallalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishdek ezgu
maqsad yo‘lida Farg‘ona tumani hududida joylashgan Shohimardonobod mahalla
fuqarolari yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan “Mahalla obodligi,
yurt farovonligi yo‘lida barchamiz mas’ulmiz” ezgu g‘oya asosida keng ko‘lamli
tozalash va obodonlashtirish ishlari doimiy amalga oshirilmoqdalar. Mazkur
jarayonda mahallaning jonkuyar faoli Shokirjon tog‘aning o‘rni bor. Ayniqsa
Shokirjon tog‘a nafaqaga chiqqach mahalla hududidan qabriston uchun
mo‘ljallangan hudud bo‘yicha mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olib, ushbu mahalada
istiqomat qiluvchi yoshu-qarini birdek jalb qilgan holda bir yil muddatda
xashar yo‘li bilan qabristonni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bilan
shug‘ullandi. Har kuni bir mahal bo‘lsada mana shu mahalla uchun o‘zining
hissasini qo‘shaman deya hayrli ishda faol ishtirok etmoqda.
 

Shokirjon tog‘a mahalladoshlarining labbay deya
qo‘llab-quvvatlashlaridan shod bo‘lib, jamoatchilik nazorati sifatida tuman
Kengashi deputatlari O.A.Dadajonova, F.S.Mirzayevlar bilan ham hamkorlikni
yo‘lga qo‘ygan. Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarda tuman hokimi
Xamidullo Tadjiyevichni ham bosh-qosh qilib, aholini rozi qilish, mahalla
obodligi, yurt farovonligi yo‘li barchamiz birdek yondashsak, albatta Jonajon
Vatanimiz farovonligiga erishamiz. Zeroki, ko‘ngil obodligi yurtning fayzu
barakasidir.
 

  

   

Slide 1 of 1