35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI SARDOBA TUMANI KENGASHI QARORINING IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH NATIJALARI

Mazkur qarorga asosan, Sardoba tumani hududidagi maktablarda qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish hamda zarur ehtiyojlarni ta’minlash maqsadida jami 134,0 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.
Qaror ijrosini o‘rganish jarayonida ajratilgan byudjet mablag‘larining belgilangan maqsadlar asosida yo‘naltirilishi, amalga oshirilgan ishlar holati hamda mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanilishiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish ishlari Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi Kengashi kotibiyat mudiri Q.O‘tayev tomonidan amalga oshirilib, qarorda belgilangan vazifalarning ijrosi holati tahlil qilindi.
O‘rganish yakuniga ko‘ra, mazkur qaror ijrosini ta’minlash, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda belgilangan qurilish ishlarining sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 3