Tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi mas’ul kotibi P. Rahmonov tomonidan Adliya bo‘limi huzuridagi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida markaz tomonidan korxona, tashkilot va muassasalarga ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatlarning holati, xizmatlar sifati va samaradorligi yuzasidan xodimlar bilan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida mavjud masalalar muhokama qilinib, yuridik xizmatlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.