35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kotib

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Alpomish” MFYda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan — yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va yangi kelajak yaratamiz” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tantanali tadbirga mahallaning barcha fuqarolari taklif etildi. Bayram ko‘tarinki kayfiyat, fayz-u baraka va yuksak tantana ruhida o‘tdi.

Taniqli san’atkorlar hamda madaniyat xodimlarining dilbar chiqishlari tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamisha birdam va farovon bo‘lsin!

Slide 1 of 4