NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI VA MIKROMOLIYALASHTIRISH FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
✔️O‘zbekiston Respublikasining “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish, mikromoliyalashtirish xizmatlarini rivojlantirish hamda moliyaviy xizmatlar bozorining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.
✔️Mazkur Qonun orqali nobank kredit tashkilotlarining huquqiy maqomi, faoliyat yuritish tartibi, mikromoliyaviy xizmatlarni ko‘rsatish shartlari hamda ushbu sohadagi munosabatlarning huquqiy asoslari belgilab berilgan.
✔️Qonunning asosiy maqsadlaridan biri — aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, mikromoliyalashtirish tizimini takomillashtirish va iste’molchilarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishdir.
✔️Shuningdek, Qonun nobank kredit tashkilotlari faoliyatining shaffofligi, qonuniyligi va moliyaviy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
✔️ Huquqiy savodxonlik — fuqarolarning o‘z huquq va manfaatlarini bilishi hamda ulardan to‘g‘ri foydalanishining muhim kafolatidir.
👤 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati
Kamoliddin Sirojiddinovich Babayev
👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!