35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

📌 “PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI”: NAVBATDAGI TADBIRLAR REJALASHTIRILDI

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar masalalari bo‘yicha guruh a’zosi Mashxurbek Dovlatov guruh a’zolari bilan birgalikda “Payshanba — Yoshlar kuni” loyihasi doirasida navbatdagi tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni turli tadbir va loyihalarga keng jalb qilish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar rejasi belgilab olindi.