35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

📌 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR FARZANDLARI E’TIBORDA

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Jasurbek Quryazov mahallani kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish borasidagi ishlar doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi tomonidan ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlarini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga hamda maktablardagi to‘garaklarga jalb etish holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida bolalarni ta’lim va qo‘shimcha mashg‘ulotlarga keng jalb etishdagi mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.