Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi raisi, 9-Katta Toyloq saylov okrugidan saylangan deputat D.Ulug'boyeva saylov okrugidagi 23-son umumta'lim maktabida bo'lib, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limidagi ekspulutatsiya markazi mas'ul rahbari bilan birgalikda umumta'lim muassasasiga qurilayotgan qo'shimcha binoning yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holatini yaqindan o'rgandi.
✅O'quv xonalarining kuz-qish mavsumiga va yangi o'quv yiliga tayyorgarlik darajasi;
- Sinf xonalarining moddiy-texnika bazasi;
- Maktab jamoasining yangi o'quv yiliga ko'rilgan amaliy choralari o'rganildi.
✅Deputat jarayon davomida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berdi.