35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

E’TIROF!

E’TIROF!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 22-avgustdagi PF-168-son Farmoniga muvofiq, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yurtdoshlarimiz taqdirlandi. Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi huzurida ekspert guruhi a’zosi, tuman Mirzabuloq va Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli Ma'rufova Zebo Axmedovna “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi Ma'rufova Zebo Axmedovnani ushbu sharafli mukofot bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.