35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#kotibiyat_xodimi #162_qonun


Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputati F. Suyarov hamda Kengash kotibiyati mutaxassisi Sh. G‘afforov boshchiligida tuman hokimligi kotibiyati, qishloq xo‘jaligi bo‘limi, kadastr bo‘limi mutaxassislari va doimiy komissiya vakillari ishtirokida hududdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarida joylashgan obyektlar o‘rganildi.

O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-sentabrdagi 594-son qarori bilan belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirildi.

Jarayon davomida tumandagi chorvachilik faoliyati bilan bog‘liq molxonalar va boshqa xo‘jalik obyektlarining joylashuvi hamda ulardan foydalanish holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mavjud obyektlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni aniqlashtirish belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3