🔹2025-yil 1-fevral kuni xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati B.Kamalov boshchiligida "Barraj" MFY hududida sodir etilgan turli jinoyatlar va ularning kelib chiqish sabablari mahalla faollari ishtirokida atroflicha tahliliy muhokama qilindi.
🔹Deputat jinoyatlarning aksariyati fuqarolarning befarqligi va ehtiyotsizlik sabab sodir etilayotganligini aytib, bu kabi jinoyatlarni oldini olish uchun sergaklikni oshirish, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan fuqarolar bilan doimiy ravishda profilaktik suhbatlar o‘tkazish va bu borada profilaktika inspektorlari, mahalla tizimida faoliyat olib borayotgan barcha xodimlar hamjihatlikda harakat qilishi lozimligi ta’kidlanib, kelgusidagi vazifalar belgilab berildi.