Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

 Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi deputati Go‘zal Samiyeva, Firdavs Qurbonov va tuman
Kegashi deputatlari Mas'ud Ashurov, Salom Kasimov hamda Hojiakbar Melikovlarning navbatdagi
uchrashuvi Sariosiyo tumanidagi 70-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazildi. 

  

Unda,
tumanning Bog'ishirin va Do'stlik mahallalarida istiqomat qilayotgan
saylovchilar qatnashdi. Uchrashuv davomida, hududda aholini qiynab kelayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy va kommunal sohaga doir murojaatlar bilan saylovchilar
deputatlarga murojaat qilishdi. 

  

Yakunda,
xalq vakillari baʼzi bir masalalar bo‘yicha tegishli idoralarga deputatlik
so‘rovi chiqarishga kelishib oldilar va ayrim vaqt talab etiladigan murojaatlar
yuzasidan saylovchilarga tegishli yo‘l-yo‘riqlar berildi.  

Slide 1 of 3