11-sonli maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
Oqoltin tumani hokimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari O.Egamov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyevlar tomonidan Bo‘ston mahallasida joylashgan 11-sonli umumta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktab binosining ichki va tashqi qismlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirilgani, ta’lim muassasasi yangi o‘quv yilini boshlashga tayyor holatga keltirilgani aniqlandi.
Maktabdagi yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirilib, o‘quvchilar uchun munosib ta’lim muhitini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.