Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi 15-"Bogʻizogʻon" saylov okrugi deputati Bobur Xamrayev tomonidan Bogʻizogʻon mahallasi hokim yordamchisining tavsiyasi asosida imtiyozli kredit ajratilib faoliyati yoʻlga qoʻyilgan D. Rasulovning zamonaviy mebel ishlab chiqarish oilaviy korxonasi faoliyati bilan tanishildi.
Tashrif davomida korxonada yaratilgan sharoitlar, ishlab chiqarish jarayoni hamda imtiyozli kredit mablagʻlaridan samarali foydalanish holati oʻrganildi. Bunday loyihalar mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlashga xizmat qilmoqda.