🤝 Qarorlar ijrosi va qonunchilik talablari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan Sherobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘limida rahbariyat bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📋 Uchrashuv davomida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosi, belgilangan vazifalarning bajarilish holati, ijro intizomini mustahkamlash hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
📖 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘RQ–408 Qonuni ijrosi yuzasidan savolnoma asosida o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
📝 Savolnoma davomida:
🔹 hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha qonun talablariga rioya etilishi;
🔹 biologik xilma-xillikni asrash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
🔹 noqonuniy ov qilish va hayvonot dunyosiga zarar yetkazishning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
🔹 mas'ul xodimlarning mazkur qonun bo‘yicha xabardorlik darajasi hamda amaliy faoliyati yuzasidan o‘rganish olib borildi.
✅ O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar tahlil qilinib, qonunchilik hujjatlari ijrosini yanada samarali tashkil etish hamda mas'uliyatni oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.