72-umumta’lim maktabida tashkil etilgan tadbirda nuroniylarimiz yoshlar tarbiyasi, jinoyatchilikning oldini olish va oilalardagi barqaror muhitni saqlash borasida olib borgan samarali faoliyatlari bilan o‘zaro bellashdilar.
Tanlov natijalariga ko‘ra:
🥇1-o‘rin: B.Boqirxonov (“Posira” MFY) – shahar bosqichi yo‘llanmasi;
🥈2-o‘rin: X.Muxitdinov (“Otchopar-1” MFY);
🥉3-o‘rin: N.Maqsudova (“Buyuk Turon” MFY).
Tuman “Nuroniy” jamg‘armasi hamda hokimlik tomonidan g‘olib va faol ishtirokchilarga faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
☑️Mazkur tanlov yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, keksalarimiz tajribasidan unumli foydalanish va ular o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.
Bizni kuzatishda davom eting!