Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Davlat dasturi ijrosi deputat nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida belgilangan vazifalar hamda Davlat dasturi ijrosi doirasida Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi – kotibiyat mudiri Xushnudbek Sultonov va kotibiyat bosh mutaxassisi A.Komilov bilan birgalikda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga biriktirilgan “Karavan kafe” oilaviy korxonasi faoliyatini joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish davomida korxonaning umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish holati, faoliyat samaradorligi hamda Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilindi. Shuningdek, korxona faoliyatini yanada rivojlantirish va xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashildi.

Slide 1 of 2