Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 19-O‘rtaqishloq saylov okrugidan saylangan deputati Komil Jumanazarovich Oripov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qarori ijrosi doirasida Fayziobod mahallasidagi 42-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabini rekonstruksiya qilish ishlari o‘rganildi. Mazkur loyiha doirasida 3 milliard 192 million so‘m mablag‘ evaziga 210 o‘rinli zamonaviy yangi o‘quv binosi barpo etilmoqda.
O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Bizni kuzatib boring:👇 |📲 Telegram | 💻Facebook