✅ Joriy yilning 15-iyulidan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi ikkinchi mavsumi boshlanadi. Ushbu mavsum “Tashabbusli budjet” jarayoni joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘n birinchi mavsum hisoblanadi.
Bunda:
🟣 15-iyuldan 3-avgustgacha loyihalarni kiritish;
🟣 4–18-avgust kunlari loyihalarni saralash;
🟣 19–21-avgust kunlari targ‘ibot bosqichi;
🟣 22–31-avgust kunlari ovoz berish bosqichi;
🟣 1–10-sentabr kunlari qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi o‘tkaziladi.
☑️ Ma’lumot uchun, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinadi.
Faol bo‘ling, mahallangiz uchun tashabbus ko‘rsating!