Yangiliklar

#deputat_ish rejasi

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputati Oripov Komiljon Jumanazarovich tomonidan Fayzavod mahallasidagi 42-son umumta’lim maktabining bitiruvchi o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida bitiruvchi yoshlar bayram bilan samimiy muborakbod etilib, ularning kelgusida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlari, yetuk va malakali kadr bo‘lib voyaga yetishlari yuzasidan ezgu tilaklar bildirildi.
Shuningdek, yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida 50 dona kitob sovg‘a qilindi.
Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 2