⚽️ #Mahallalardagi sport inshootlari: Mavjud holat va imkoniyatlar tahlil qilindi.
Nurafshon shahrida aholi, ayniqsa bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar doimiy nazoratda.
Bugun xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev, hudud deputati A.Tursunboev, kotibyat xodimlari va shahar tegishli tashkilot ma'sullari bilan mahalla yettiligi tomonidan mahallalardagi sport ob’ektlari holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 Sport inshootlarining aholi va bolalar uchun ochiqligi va xavfsizligi;
🔹 Mavjud sport anjomlarining yaroqlilik darajasi va saqlanish holati;
🔹 Sport maydonchalarining tungi yoritish tizimlari va tozaligi.