Yangiliklar

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlarining iyul oyida tuman hokimligi mas’ul rahbarlari bilan birgalikda saylov okruglarida o‘tkaziladigan uchrashuvlar jadvali rasman tasdiqlandi.

Mazkur uchrashuvlar quyidagi qonun hujjatlari asosida tashkil etilmoqda:

🔹 "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonun Ushbu qonunga ko‘ra, deputatlar saylovchilar bilan muntazam muloqot qilishi va ijro etuvchi hokimiyat organlari ularning faoliyatiga ko‘maklashishi belgilangan.

🔹 "Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatining maqomi to‘g‘risida"gi Qonun Mazkur qonun deputatlarning aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazish, murojaatlarni o‘rganish hamda mansabdor shaxslarni jalb etish huquqini belgilaydi.

🔹 "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonun Ushbu qonunga muvofiq, davlat organlari fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishi shart bo‘lib, uchrashuvlar ushbu jarayonning samarali shakli hisoblanadi.

🔹 Deputatlik nazoratiga oid qonunchilik normalari Deputatlar hududlardagi muammolarni joyida o‘rganish va hal etish maqsadida nazorat tadbirlarini amalga oshiradi.

✅ Ushbu uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, muammolarni joyida hal etish hamda deputatlik nazorati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Biz

Slide 1 of 2