Yangiliklar

#dastur_ijrosi #96_qonun

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 25-Yangi Toyloq saylov okrugidan saylangan deputat Matluba Aminovaning navbatdagi manzili Charog‘bon mahallasida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivi bo‘ldi.
Tashrif davomida hududda qurilayotgan 8 ta 16 qavatli ko‘p xonadonli uy-joylarda olib borilayotgan qurilish ishlari sifati, xonadonlarni topshirish jarayonlari hamda yangi ko‘chib kelayotgan fuqarolarni mahallaga ro‘yxatga olish masalalari o‘rganildi.
Shuningdek, aholi uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish, qurilish ishlarini sifatli hamda belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 5