Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Toyloqda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

​Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Xamrayev tomonidan "Istiqlol" mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
​O‘rganish davomida “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, xususan, imtiyozli kreditlar hisobiga tashkil etilgan tadbirkorlik loyihalari ko‘zdan kechirildi.
​B.Xamrayev xonadonbay ishlash tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib, amalga oshirilgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
​Asosiy maqsad — mahallabay ishlash tizimi orqali aholi muammolarini hal etish va yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirishdir.

Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 3