#24_ta_masala
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada amalga oshirilayotgan hududni obodonlashtirish, tozalikni ta’minlash va infratuzilmani yaxshilash ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda obodonlashtirish ishlarini yanada samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Deputat tomonidan hududlarni obod va ozoda saqlash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|