Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida
янв.21
Toyloq tumanidagi Charog‘bon mahallasida aholi va saylovchilar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Unda mahalla raisi, tuman Kengashi deputati Matluba Aminova hamda mahalla faollari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tingladi
янв.21
Deputat tibbiyot muassasasi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
#96_qonun Dastur ijrosi Qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
#24_ta_masala
янв.21
Toyloq tumani Kengashi deputatlari “Yashil makon” tashabbusida faol ishtirok etmoqda
янв.21
#I-chorak_ish_reja_ijrosi
янв.21
#mart_oyi_ish_reja_ijrosi XALQ DEPUTATLARI TOYLOQ TUMANI KENGASHI ISH REJASINING MART OYIDAGI IJROSI
янв.21
TOYLOQDA JORIY YILDA 245 NAFAR FUQARONING MULK HUQUQLARI E’TIROF ETILDI
янв.21
#96_ta_qonun "Qo'shchinor" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati yuzasidan
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati D.Raxmatullayev Olmazor tumani 16-sonli oilaviy poliklinikasiga tashrif buyurdi.

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati D.Raxmatullayev Olmazor tumani 16-sonli oilaviy poliklinikasiga tashrif buyurdi.

 Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish masalasi sog‘liqni saqlash tizimining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur yo‘nalish xalq deputatlari uchun tavsiya etilgan 24 ta nazorat yo‘nalishidan biri sifatida belgilangan bo‘lib, uning doirasida Olmazor tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 16-sonli oilaviy poliklinikasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida poliklinikalarda DMED tizimi orqali bemorlar haqidagi ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish, eski tibbiy anketalarni raqamli bazaga kiritish hamda tibbiy xizmatlar monitoringini olib borish holati tahlil qilindi. Shuningdek, 103 tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilgan fuqarolar bilan qayta aloqa o‘rnatish hamda “Ochiq budjet” platformasi orqali xarid qilingan tibbiy jihozlardan samarali foydalanish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, birlamchi tibbiy yordam tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, xususan DMED tizimi orqali tibbiy ma’lumotlarni yuritish aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Poliklinikaning ish faoliyatini tashkil etish, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish darajasi, shuningdek, moddiy-texnik bazasi holati batafsil o‘rganildi.

Alohida e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-402-sonli “Ayollar o‘rtasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga qaratildi.

Onkologik kasalliklarni erta aniqlash, profilaktika qilish hamda o‘z vaqtida tashxis qo‘yishda tizimli yondashuvning muhimligi alohida ta’kidlandi.

Tashrif davomida muassasa bosh shifokori К.Shakirova hamda tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot davomida muassasa faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan dolzarb muammolar va takliflar muhokama qilindi.

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning sifati va uning ommabopligini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 6