Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida
янв.21
Toyloq tumanidagi Charog‘bon mahallasida aholi va saylovchilar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Unda mahalla raisi, tuman Kengashi deputati Matluba Aminova hamda mahalla faollari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tingladi
янв.21
Deputat tibbiyot muassasasi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
#96_qonun Dastur ijrosi Qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
#24_ta_masala
янв.21
Toyloq tumani Kengashi deputatlari “Yashil makon” tashabbusida faol ishtirok etmoqda
янв.21
#I-chorak_ish_reja_ijrosi
янв.21
#mart_oyi_ish_reja_ijrosi XALQ DEPUTATLARI TOYLOQ TUMANI KENGASHI ISH REJASINING MART OYIDAGI IJROSI
янв.21
TOYLOQDA JORIY YILDA 245 NAFAR FUQARONING MULK HUQUQLARI E’TIROF ETILDI
янв.21
#96_ta_qonun "Qo'shchinor" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati yuzasidan
Yoshlar masalalari muhokama markazida

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

❗️ Yoshlar masalalari muhokama markazida: 46-Olmos okrugida faoliyat olib boruvchi Yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga O'zLiDep partiyasidan saylangan deputat Davronbek Ravshanbekov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi PF-163-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 78-sonli qarori ijrosi yuzasidan Yashnobod tumani 46-Olmos saylov okrugida faoliyat olib borayotgan mahallalar yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Deputat o‘z so‘zida yoshlar bilan ishlashni yangi bosqichga olib chiqish, ularning muammolarini joyida hal etish va tizimli yondashuvni kuchaytirish ustuvor vazifa ekanini alohida ta’kidladi.

📊 Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, “Kambag‘al oila reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari tomonidan 9 nafar talabaning to‘lov-kontraktini qoplash yuzasidan arizalar kelib tushgan. Ushbu arizalar asosida jami 77 700 000 so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan bo‘lib, hozirga qadar 8 nafar talabaning kontrakti to‘lab berilgan, 1 nafar yosh bo‘yicha jarayon yakunlanish arafasida. Deputat bu borada: “Birorta yoshimiz e’tibordan chetda qolmasligi kerak, qolgan masala ham tez kunlarda ijobiy hal etiladi”, deya qat’iy fikr bildirdi.

📈 Tahlillarga ko‘ra, Yashnobod tumanida jami 117 628 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 11 173 nafari yoshlarni tashkil etadi. Hududda 15 561 ta oila va 13 243 ta xonadon mavjud. Mehnat bozoriga kirib kelayotgan hamda ishsiz yoshlar soni 477 nafarni maktab o'quvchilarini tashkil etib, 33 nafari kasb-hunarda o'quvchi yoshlar hamda 53 nafari ishsiz yoshlarni tashkil etadi. Shuningdek bugungi kunda 30 nafar harbiy xizmatdan qaytadigan va 15 nafar migratsiyadan qaytishi kutilayotgan yoshlarni tashkil etadi. Mazkur yoshlar bilan alohida ishlash zarurligi ta’kidlandi.

🗺 46-Olmos okrugidagi 11 ta mahalla kesimida olib borilgan tahlillarga ko‘ra, 2026-yil holatiga 9 ta mahalla “yashil”, 1 ta mahalla “sariq”, 1 ta mahalla “qizil” toifada ekani ma’lum qilindi. Xususan, Olmos mahallasi “qizil” toifadan “sariq” toifaga o‘tkazilgan bo‘lib, bu hududda olib borilgan tizimli ishlar natijasidir.

🔺 Shuningdek, “Jarbo‘shi” mahallasida 1 ta jinoyat holati qayd etilgan bo‘lib, Olimpiya shaharchasi hududida sodir bo‘lgan ushbu holat yuzasidan tezkor choralar ko‘rilgan. Hozirda mahalla yettiligi tomonidan muntazam reydlar tashkil etilib, ushbu hududni avval “sariq”, keyinchalik “yashil” toifaga olib chiqish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Deputat bu borada: “Har bir mahalladagi barqarorlik — bu yoshlar bilan ishlash sifatiga bog‘liq”, deya alohida urg‘u berdi.

📊 Hududda yoshlar toifasi bo‘yicha tahlil natijalariga ko‘ra, 10 279 nafar yoshlar “yashil” toifada, 763 nafari “sariq”, hamda 132 nafari “qizil” toifaga kiradi. Deputat ushbu raqamlar ustida to‘xtalib: “Bizning asosiy maqsadimiz — ‘qizil’ va ‘sariq’ toifadagi yoshlarni qisqartirib, ularni ‘yashil’ toifaga o‘tkazishdir”, deya ta’kidladi.

🛠 Uchrashuv davomida 16 nafar yosh kasb-hunarga o‘qitilayotgani, bandlikka jalb etish ishlari olib borilayotgani qayd etildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalasi muhokama qilinib, 14 nafar og‘ir toifadagi yoshlar, 6 nafar JIEM ro‘yxatida turgan yoshlar hamda 7 nafar otaliqqa olingan yoshlar bilan individual ishlash davom etayotgani bildirildi.

⚖️ Deputat o‘z nutqida: “Yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish — bu nafaqat mas’ul tashkilotlar, balki butun jamiyatning vazifasi. Har bir yosh taqdiri biz uchun muhim”, deya qayd etdi. Shu asosda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, ijtimoiy muammolarni erta aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

🤝 Mazkur uchrashuv Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida yoshlar bandligi, ijtimoiy himoya, kambag‘allikni qisqartirish va hududlarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari)

Slide 1 of 10