📌22-son Qo‘yliqobod saylov okrugi deputati N.Muratova tomonidan Qo’yliq obod MFYda navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
❗️Qabul davomida aholi bilan bevosita muloqot o‘rnatilib, ularni qiynayotgan ijtimoiy-maishiy muammolar, infratuzilma, kommunal xizmatlar, yo‘l va obodonlashtirishga doir masalalar atroflicha muhokama qilindi. Har bir murojaat alohida e’tibor bilan tinglanib, ularning mazmun-mohiyati o‘rganildi.
📝Shuningdek, hududda mavjud ayrim muammolarni joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirish va ularga amaliy yechim topish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi. Murojaatlar ijrosini ta’minlash, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tizimli choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
✅Bunday uchrashuvlar aholi dardini eshitish, ularning ishonchini mustahkamlash hamda joylardagi muammolarni o‘z vaqtida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.