Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida
янв.21
Toyloq tumanidagi Charog‘bon mahallasida aholi va saylovchilar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Unda mahalla raisi, tuman Kengashi deputati Matluba Aminova hamda mahalla faollari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tingladi
янв.21
Deputat tibbiyot muassasasi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
#96_qonun Dastur ijrosi Qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
#24_ta_masala
янв.21
Toyloq tumani Kengashi deputatlari “Yashil makon” tashabbusida faol ishtirok etmoqda
янв.21
#I-chorak_ish_reja_ijrosi
янв.21
#mart_oyi_ish_reja_ijrosi XALQ DEPUTATLARI TOYLOQ TUMANI KENGASHI ISH REJASINING MART OYIDAGI IJROSI
янв.21
TOYLOQDA JORIY YILDA 245 NAFAR FUQARONING MULK HUQUQLARI E’TIROF ETILDI
янв.21
#96_ta_qonun "Qo'shchinor" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati yuzasidan
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi

Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Qiziriq tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Sh.Abbosov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida hisobot taqdim etildi.

Shuningdek, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i U.Panjiyev tomonidan Qiziriq tumani budjetining 2026-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida hamda tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘larini yo‘naltirish masalalari yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Yig‘ilish davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan mas’ullarga kun tartibidagi masalalar yuzasidan qator savollar berilib, ularning javoblari atroflicha tinglandi hamda masalalar yuzasidan muhokamalar olib borildi. Yakunda bildirilgan fikr va takliflar asosida tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 10