Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#Deputatlik so‘rovi

❇️ Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati O.Bakirov tomonidan, Jizzax shahar "Bunyodkor" MFY “Sardoba-5” ko‘chasidan o‘tgan, markaziy chiqindi quvuri (kanalizatsiya) tarmog‘i ochiq holda ekanligi. Undan chiqayotgan badbo‘y hid hamda tashlandiq bo‘lib ketgan chuqurlik ushbu yerda istiqomat qilayotgan aholining jiddiy eʼtirozlariga sabab bo‘layotgani yuzasidan. 

❇️ "Jizzax suv taʼminoti" AJ shahar bo‘limi filialiga deputatlik so‘rovi yuborilib, mazkur muammoni bartaraf etilishi nazoratga olingan edi.

❇️ Natijada, tegishli tashkilotlar tomonidan ushbu chiqindi quvuri tarmog‘i nosozligi bartaraf etildi va quvurning ochiq joyiga maxsus uskuna o‘rnatilib, chiqindilardan tozalandi . Yuqoridagi muammo ijobiy hal etildi.

Slide 1 of 5