Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat mahallada

 #Profilaktik_tadbir 

Fevral oyi – “Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash” oyligi
doirasida Piskent tumanidagi 1-IDUMda davra suhbati tashkil etildi.
 

Tadbirda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, podpolkovnik R. Yakubova,
narkolog shifokor K. Umarova, maktab shifokori M. Komilova, deputat M.Usmonova
hamda 9–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.
 

Davra suhbatida giyohvandlikning salbiy oqibatlari, yoshlar salomatligiga va kelajagiga
ta’siri, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalari haqida
atroflicha so‘z yuritildi.
 

Ta’kidlanganidek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish giyohvandlikka qarshi
kurashning eng samarali yo‘llaridan biridir.
  

Slide 1 of 3