Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Hamkorlikda xavfsizlikni ta’minlaymiz!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati N. Toshmatov, IIB boshlig‘i polkovnik S. Ergashxo‘jayev hamda mas’ul tashkilotlar vakillari va mahalla faollari bilan birgalikda hududda jinoyatchilikni oldini olish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida hududdagi kriminogen vaziyat tahlil qilinib, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi samarali ish olib borish masalalari muhokama qilindi.

Bunday uchrashuvlar hududda barqarorlikni ta’minlash, jinoyatchilikni kamaytirish va aholi xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3