✅ Hamkorlik natijasida Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Toyloq tumani vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlikda tizimli faoliyat jarayonlari olib borilmoqda. Mazkur hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmonining 3-bandiga muvofiq, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etib kelinmoqda.
✅ Ushbu hamkorlik doirasida tuman Kengashi deputatlari hamda “Madad” NNTning Toyloq tumani vakili bilan birgalikda aholiga huquqiy maslahatlar berish, amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini tushuntirish, fuqarolarning murojaatlari asosida amaliy yordam ko‘rsatish ishlari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari, yoshlar, xotin-qizlar hamda nuroniylarning huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Hamkorlik doirasida xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi qarorlarini ishlab chiqish, huquqiy ekspertizadan o'tkazish jarayonlarida ham amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi