Oltinsoy tumanida KQ-35-V-sonli qaror ijrosi muhokama qilindi.
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning "mahalla yettiligi" bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, yig‘ilishda 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar hamda 2027-yil uchun rejalashtirilayotgan dasturlar yuzasidan fikr almashildi.
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman kengashi kotibiyat mudiri M.Xujanovning Oltinsoy tuman "Xalq va Hayot" gazetasiga chiqishi
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati